Sosyal Medya

ANTALYA 3. AİLE MAHKEMESİ

E’LON
ANTALYANING3 SONLI OILA SUDIDAN

ISH RAQAMI: 2023/408
QOROR № : 2026/318

Da’vogar ANIL TUNCERga qarshi sudimizda qo‘zg‘atilgan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ochiq sud muhokamasi yakunida quyidagicha HAL QILINDI:
1- Da’vogar tomonidan kiritilgan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo QANOATLANTIRILSIN; SİV*S viloyati, Z*RA tumani, BÜY*KKÖY, 4*-jild, *3-xonadonda ro‘yxatda turgan, ALİ AS*AR va DİD*Rdan 04/09/1992 yilda tug‘ilgan, T.R. shaxsiy raqami 5*******296 bo‘lgan da’vogar ANIL TUNCER bilan AA9434*82 pasport raqamli, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 25/04/1997 yilda tug‘ilgan SHAKHZODA YIGITALIEVA o‘rtasidagi nikoh Turkiya Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166/1-moddasiga asosan BEKOR QILINSIN.
2- Undirilishi lozim bo‘lgan 732,00 TL davlat boji summasidan oldindan to‘langan 269,85 TL chegirib tashlanib, qolgan 462,15 TL javobgardan undirilgan holda davlat foydasiga o‘tkazilsin.
3- Da’vogar vakilining qilgan mehnati uchun Advokatlik eng kam ish haqi tarifiga muvofiq 45.000,00 TL miqdoridagi vakillik haqi javobgardan undirilgan holda da’vogarga berilsin.
4- Ish materiallarida da’vogar tomonidan qilingan 16.610,70 TL miqdoridagi sud xarajatlari javobgardan undirilgan holda da’vogarga berilsin.
5- Da’vogar tomonidan to‘langan va sarflanmay qolgan xarajatlar avansi qaror qonuniy kuchga kirgach da’vogarga qaytarilsin.
Mazkur qaror da’vogar vakili ishtirokida, qaror e’lon qilingan kundan boshlab 2 haftalik apellyatsiya muddati ichida Antalya Viloyat Apellyatsiya sudi 2-fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga shikoyat berish huquqi ochiq holda, ochiq sud muhokamasi yakunida o‘qib eshittirildi va tushuntirildi. 30/04/2026
Mazkur qaror javobgar tomonga yetkazilgan hisoblanishi uchun ommaviy e’lon orqali ma’lum qilinadi. 14/05/2026

#ilangovtr Basın no ILN02511070